Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MK 234-moddasi 3-qismiga ko’ra, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladimi


MK 234-moddasi 3-qismiga ko’ra, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladimi

❗️MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

⚠️ E’tibor bering, barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo’shimcha ta’tillar uchun deyilmoqda. Siz aytgan 481 va 483-moddalardagi ta’tillar ham qo’shimcha ta’til hisoblanadi. Ushbu maqolamizda har yilgi qoʼshimcha taʼtillar berish tartibi hamda ularning huquqiy asoslari: https://t.me/mehnathuquqi/5197

Ya’ni mehnat shartnomasi bekor qilinsa, ushbu ta’tillar uchun ham pulli kompensatsiya beriladi.

❗️Ko’pchilik MK 234-moddasi 3-qismiga chalg’imoqda. Ya’ni 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

⚠️E’tibor berdingizmi, mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

❌ Diqqat! Mehnat davrida pulli kompensatsiya qilib bo’lmasligi haqida gap ketmoqda.

✅ Mehnat shartnomasi bekor qilinganda esa pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

✅ Xullas, xodimning haqqiga xiyonat qilmaslik kerak. Mehnat shartmnomasi bekor qilinganda, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan foydalanilmagan qo‘shimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya to’lanishi shart.

 

Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Farmonqulov Vahob