Янгиликлар
Tashkilot ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqib qabul qilmoqchi, tashkilotda kasaba uyushmasi va uning boshlang'ich tashkiloti yo'q. Bunday holda ushbu hujjat qanday taribda qabul qilinadi.
Tashkilot ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqib qabul qilmoqchi, tashkilotda kasaba uyushmasi va uning boshlang'ich tashkiloti yo'q. Bunday holda ushbu hujjat qanday taribda qabul qilinadi.
❗️Haqiqatan ham, MK 296-moddasiga ko’ra, ichki mehnat tartibi qoidalari ushbu Kodeksning 15-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
❌ Agar tashkilotda kasaba uyushmasi qo‘mitasi bo’lmasachi?
✅ MK 15-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, tashkilotda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkil etilmagan hollarda ish beruvchi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib olinishi kerak bo‘lgan masalalarni hal qilish niyati to‘g‘risida mehnat jamoasini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar axborot olingan kundan e’tiboran 2️⃣ hafta ichida mehnat jamoasining boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotini yoki xodimlarning boshqa vakillik organini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadigan umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) o‘tkazilmasa, ish beruvchi tegishli masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir.
⚠️ Diqqat! Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 1999 yil 14 iyunda 746-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xoʼjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari” 20.03.2024 kuni oʼz kuchini yoʼqotgan https://lex.uz/ru/docs/811392. Bu degani tashkilotdagi ichki mehnat tartibi qoidalari ham o'z kuchini yo'qotishini anglatmaydi. Tashkilotdagi ichki mehnat tartibi qoidalari amal qilaveradi.
Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Farmonqulov Vahob