Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat kodeksi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilishi kutilmoqda:


Mehnat kodeksi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilishi kutilmoqda:

boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik holati yuzasidan taxdid qilayotgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa doimiy ishga oʼtkazish yoxud ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

mehnat jarayonidagi tazyiq va zoʼravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan koʼrilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama qilish;

kalendar yili davomida himoya orderidan foydalangan xodimga oʼzining ruhiy-emotsional holatini tiklash uchun asosiy mehnat taʼtili bilan bargalikda ish haqi saqlangan holda 10 kundan iborat qoʼshimcha mehnat taʼtili berish.

"Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʼrsatishni takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.05.2024 yildagi PQ-175-son (https://lex.uz/pdfs/6916638)

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash kerakki, 2019-yil Xalqaro Mehnat Tashkilotining "Mehnat zo'ravonligi va ta'qibini yo'q qilish to'g'risida"gi 190-sonli konvensiya qabul qildi. Hozirgi kunga qadar mazkur hujjatni 39 ta mamlakat ratifikatsiya qilgan. O'zbekiston hali ushbu hujjatga qo'shilmagan. E'tiborlisi, shu vaqtgacha birorta Osiyo davlati mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilmagan.

Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Farmonqulov Vahob