Янгиликлар
O’rindoshlarga “dekret puli” berilmaydimi?
O’rindoshlarga “dekret puli” berilmaydimi?
✅ O’rindoshlarga ham “dekret puli” beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 18-bandiga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir. Nizomning 19-bandiga ko’ra, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.
❌ Unda o’rindoshlarga “dekret puli” berilmaydi degan asossiz gaplar qayerdan chiqdi?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 1-ilova “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga ko’ra, ushbu nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi. Mana shu normani ko’pchilik xato tushunib, endi o’rindoshlarga “dekret puli” berilmas ekan deb noto'g'ri talqin qilmoqda.
❗️Aslida esa o’rindoshlik asosida budjetdan tashqari tashkilotda ishlovchi ayollarga minimal iste’mol xarajatlarining 4⃣ baravari miqdori ya'ni 2 million 592 ming “dekret puli” davlat tomonidan kompensatsiya qilinmaydi, lekin bu holatda bu toifa ayollarga dekret puli to'liq ish beruvchilarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Farmonqulov Vahob