Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ta’tildan chaqirib olinsa pul qaytarib olinadimi


Ta’tildan chaqirib olinsa pul qaytarib olinadimi  

 

"Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi 2985 Yo'riqnoma

21-bandiga ko'ra, xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi. Ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.

Asos: https://lex.uz/docs/-3590278 2985 Yo'riqnoma 21-bandi.

⚠️ Ushbu Yo‘riqnomaning talablari budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.

Budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun ushbu Yo‘riqnomaning talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.

❗️Ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibga rioya etilmaganda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi .

 

Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Farmonqulov Vahob