Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Pensiyaoldi yoshidagilarni bo’shatish mumkin emasmi?


Pensiyaoldi yoshidagilarni bo’shatish mumkin emasmi?

❗️Mehnat qonunchiligida pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar 2 yil oldin) bilan mehnat shartnomasni bekor qilish mumkin emas degan talab mavjud emas. ✅ Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar bilan ham mehnat shartnomasi Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin.

Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan sabablarga (asoslarga) ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ushbu xodimlar muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’ladilar.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun 14-moddasiga ko’ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, “Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risida” Yo‘riqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan sabablarga (asoslarga) ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Muddatidan oldin pensiya sug‘urta qilingan va mazkur Yo‘riqnomaning 2-bandiga muvofiq ishdan ozod etilgan (yoki belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan) xodimlarga: erkaklar — 58 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo‘lmagan taqdirda, ayollar — 53 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.

Ishsiz deb e’tirof etilib muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Agar fuqaroning muddatidan oldin pensiya olish huquqi ishsizlik nafaqasini olib turgan vaqtda vujudga kelsa, ishsizlik nafaqasi to‘lovi to‘xtatiladi.

 

⚠️ Diqqat! Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar bilan MK 161-moddasi 2-qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan sabablarga (asoslarga) ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda, bu xodimlarga pensiya naqd degani emas! Pensiyaoldi yoshidagi xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilishlari lozim, agar ishsiz deb e’tirof etilishmasa, muddatidan oldin pensiyaga chiqa olmaydilar.

Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga to‘lanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya to‘lash to‘xtatiladi. Batafsil: https://lex.uz/ru/docs/-596542

 

Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Farmonqulov Vahob