Янгиликлар
Homilador ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi
Homilador ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi
❌ MK 408-moddasiga ko’ra, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
❌ Ya’ni bu degani homilador ayol o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzsa yoki o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzgan taqdirda ham, homilador ayol bilan MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas.
✅ Bu degani homilador ayolga umuman intizomiy jazo qo’llab bo’lmaydi degani emas. Ish beruvchi mehnat intizomini buzgan homilador ayolga MK 312-moddasidagi hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima, agar ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan holatlarda esa xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima jazolarini qo’llashi mumkin. Faqatgina mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) tarzidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli emas.
⚠️ Diqqat! Jinoyat kodeksi 148-moddasi 2-qismiga ko’ra, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Farmonqulov Vahob