Янгиликлар
Assalomu alaykum, aliment bo’yicha qarzdorligi bor xodimni oyligidan qanday ushlab qolamiz, soliqni ushlab qolmasdanmi yoki soliqlarni ushlab bo’lgachmi?
Assalomu alaykum, aliment bo’yicha qarzdorligi bor xodimni oyligidan qanday ushlab qolamiz, soliqni ushlab qolmasdanmi yoki soliqlarni ushlab bo’lgachmi?
???? O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 8-iyuldagi 157-son buyrug‘iga ILOVA “Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish” qoidalarining 9-bandiga ko’ra, qarzdorning ish haqidan ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolinganidan so‘ng qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
???? Qoidalarning 10-bandiga ko’ra, agar ijro hujjatida ish haqidan undirish miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ijrochisi har bir alohida holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.
Yuqori Chirchiq tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Abdurahmanov Shahzod