Янгиликлар
Dekretga chiqayotgan xodim oʻrnida dekretga chiqqan kuniyoq boshqa xodimni ishga olsak boʻladimi.
Dekretga chiqayotgan xodim oʻrnida dekretga chiqqan kuniyoq boshqa xodimni ishga olsak boʻladimi.
Ha dekretga chiqqan kundan boshlab boshqa xodimni muddatli mehnat shartnomasi asosida ishga olsangiz bo'ladi. Bunga qonunchilik hech qanday to'siq qilmaydi. Bunda mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 112-moddasi asosida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq ish joyi o‘zida saqlanib qoladigan, yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun tuziladi.
To'rt oy kutish masalasiga kelsak, ushbu fikr Mehnat kodeksining 404-moddasidagi ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishidan kelib chiqib aytilgan, bizningcha.
Xulosa o'rnida, ayol Mehnat kodeksining 404-moddasida nazarda turilgan ta'tilga ketgan paytdan boshlab, uning o'rniga vaqtinchalik xodim olish mumkin. Agar ayol tug‘ruqqacha hamda tug‘ruqdan keyingi ta'til tugagach Mehnat kodeksining 405-moddasida ko'rsatilgan bolani ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tiliga chiqib ketsa, uning o'rniga olingan xodimning mehnat shartnomasini o'sha ayol bola parvarishlash ta'tilidan qaytgunga qadar etib belgilash mumkin.
Yuqori Chirchiq tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Abdurahmanov Shahzod