Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

KORRUPSIYAGA MOYIL BO'LGAN XODIMNI ISHDAN BO'SHATISH MUMKINMI?


KORRUPSIYAGA MOYIL BO'LGAN XODIMNI ISHDAN BO'SHATISH MUMKINMI?

Amaldagi Mehnat kodeksida xodimning “korrupsiyaga moyil bo'lganligi sababli” ishdan bo‘shatish haqidagi hech qanday norma yo‘q. Yuqoridagi vaj bilan ishdan bo‘shatish hatto qonunbuzarlik ham bo‘lishi mumkin. Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan, mehnat shartnomasini ushbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha bekor qilish taqiqlanadi. “Korrupsiyaga moyil” degani “korrupsiya qildi” degani emas. Agar xodimning korrupsiya qilganligi isbotlansa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari bilan bekor qilish mumkin.

Yuqori Chirchiq tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Abdurahmanov Shahzod