Янгиликлар
Sirtqi ta’limda o ‘qisa ta’til beriladimi
Sirtqi ta’limda o ‘qisa ta’til beriladimi
MK 385-moddasiga ko’ra, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga 1-ilova “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” nizom (https://lex.uz/docs/-3420313) 19-bandiga ko’ra, sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har 1️⃣ semestr davomida 1️⃣ marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.
Nizomning 24-bandiga ko’ra, sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Malakaviy amaliyotlarning hisobotlari o‘quv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi.
⚠️ Yuqoridagilardan xulosa qilsak, malakaviy amaliyot uchun o’quv ta’tillari berilmaydi. Laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etish uchun esa ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan chaqiruv xati asosida MK 385-386-moddalarida belgilangan tartibda o’quv ta’tili beriladi. Batafsil ma’lumot uchun kanalga 385 hamda 386 deb qidiruvga bering.
⚠️ Bundan tashqari, MK 372-moddasidagi haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va tanishtiruv amaliyotini ham chalg'itmaslik lozim. Tanishtiruv amaliyoti uchun haq to'lanmaydi.
❗️Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvardagi 11-son qaroriga ilova "Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida" Nizom (https://lex.uz/docs/-6738217) oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Yuqori Chirchiq tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Abdurahmanov Shahzod