Янгиликлар
Xodim ishga kech qolsa ishdan bo‘shatsa bo‘ladimi
Xodim ishga kech qolsa ishdan bo‘shatsa bo‘ladimi
❗️MK 22-moddasi (Xodimning majburiyatlari)ga ko’ra, xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi, mehnat shartnomasi bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, ichki mehnat tartibiga rioya etishi, mehnat intizomiga va boshqa majburiyatlarga rioya etishi shart.
Ya’ni bu majburiyatlar barcha xodimlarga, shu jumladan, homilador ayollarga ham taalluqlidir.
MK 408-moddasiga ko’ra, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
⚠️❌ Demak, homilador ayol o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzsa yoki bir marta qo‘pol ravishda buzsa, homilador ayol bilan mehnat shartnomasini 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan bekor qila olmaysiz.
✅ Lekin MK 312-moddasidagi boshqa intizomiy jazolarni bemalol qo’llash mumkin. Masalan, hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima. Agar tashkilotingiz ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilgan bo'lsa, o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima ham solishingiz mumkin.
❗️Demak, mehnat intizomini muntazam buzib kelayotgan homilador ayolga hayfsan yoki jarima intizomiy jazo choralaridan birini intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibiga qat’iy rioya qilgan holda bemalol qo’llashingiz mumkin. Intizomiy jazo chorasini qo’llashda ma’lum bir limit yo’q. Ashaddiy intizomsiz homilador xodimga mehnat intizomini buzganda har safar MK 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda jarima jazosi qo’llang.
Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Kurbanov Mirjalol