Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Advokat davlat korxonalarida mehnat shartnomasi asosida yuridik xizmati xodimi sifatida ishlashi mumkinmi? Shu masalada bahs bo’lyapti, ayrimlar FHSH asosida xizmat ko’rsatishi mumkin deyishmoqda?


Advokat davlat korxonalarida mehnat shartnomasi asosida yuridik xizmati xodimi sifatida ishlashi mumkinmi? Shu masalada bahs bo’lyapti, ayrimlar FHSH asosida xizmat ko’rsatishi mumkin deyishmoqda?

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko’ra, advokat quyidagilardan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas:

ilmiy va pedagogik faoliyat;

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;

patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;

shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;

hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat;

sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat (fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish bo‘yicha advokatlik faoliyati uchun litsenziya olgan advokatlar uchun).

“Shartnomaviy-huquqiy asosda” jumlasi ko’pchilikni chalg’itishi mumkin. Ayrimlar ushbu jumlani “fuqarolik-huquqiy shartnoma” bilan adashtirishmoqda. Lekin, bunday emas, normada yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan. Bu yerda aynan “xodim” jumlasiga eʼtibor qaratish zarur. Chunki MK 19-moddasiga ko’ra, mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, ushbu Kodeksda belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarori 4-bandida ham, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilganda fuqaro tashkilot bilan mehnat munosabatlariga kirishmaydi, uning taraflari xodim va ish beruvchi emas, balki ijrochi va buyurtmachi hisoblanadi, shuningdek, MKda nazarda tutilgan kafolatlar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomada nazarda tutilmaydi, shu sababli taraflarning munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinishi belgilangan.

✅ Demak, advokat davlat tashkilotlarida mehnat shartnomasi asosida yuridik xizmat xodimi boʼlib ishlashi mumkin ekan.

Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Kurbanov Mirjalol