Янгиликлар
Taʼtildagi xodimga intizomiy jazo qoʼllasa boʼladimi?
Taʼtildagi xodimga intizomiy jazo qoʼllasa boʼladimi?
❌ Taʼtildagi xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllab boʼlmaydi. Chunki, MK 163-moddasiga koʼra, xodim mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʼtillarda boʼlgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish taqiqlanadi.
⚠️ Taʼtildagi xodimga hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllash boʼyicha qonunchilikda toʼgʼridan toʼgʼri taqiq yoʼq. Lekin jazo qoʼllashda MK 313-moddasidagi qoidalarga rioya qilish shart. Xodimdan tushuntirish xati olish va yana boshqa harakatlar. 314-moddasiga koʼra, xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʼlgan yoki taʼtilda boʼlgan davrda intizomiy jazoni qoʼllash muddati oʼtmay turadi.
✅Shuning uchun ham, xodim taʼtildan qaytgach hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllashni tavsiya qilamiz.
Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Kurbanov Mirjalol