Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodim muddatli harbiy xizmatga ketsa


Xodim muddatli harbiy xizmatga ketsa

 

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” Qonun 4-moddasiga ko’ra, harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi:

muddatli harbiy xizmat;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.

Muddatli harbiy xizmatga ketgan xodim bilan mehnat shartnomasi 168-moddasi 1-qismi 1-bandi bilan bekor qilinadi va MK 173-moddasida belgilangan tartibga ko’ra ishdan bo’shatish nafaqasi to’lab beriladi.

Agar xodim safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga ya’ni “xalqona” aytganda 1 oylik harbiy xizmatga ketganda MK 282-moddasiga ko’ra, ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarori 49-bandiga ko’ra, xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi MK 168-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bekor qilinadi.

Sudlar mehnat shartnomasini ushbu asos bilan bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda “Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun normalariga ham alohida e’tibor qaratishlari lozim.

MKning 102-moddasiga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan e’tiboran uch oy o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega.

Ushbu asos bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda, sudlar xodimni harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganini tasdiqlovchi hujjat (chaqiruv komissiyasining ma’lumotnomasi va boshqa hujjatlar) taqdim qilinganligi va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langanligini tekshirishlari lozim.

Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Kurbanov Mirjalol