Янгиликлар
Ta’til payti dekretga chiqsa bo‘ladimi
Ta’til payti dekretga chiqsa bo‘ladimi
MK 213-moddasiga ko’ra, ta’tillarning quyidagi 4️⃣ ta turi nazarda tutilgan:
har yilgi mehnat ta’tili;
ijtimoiy ta’tillar;
ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;
ish haqi saqlanmaydigan ta’til.
⚠️ Mehnat qonunchiligida bir vaqtning o’zida 2 ta ta’tilda bo’lish nazarda tutilmagan. Masalan, bir vaqtning o'zida ham o'quv tatilida, ham “dekret ta’tili”da. Agar Siz o’quv ta’tilidagi xodimni “dekret”ga chiqarsangiz bu xodim bir vaqtning o’zida ham o’quv ta’tilida, ham “dekret ta’tili”da bo’lib qolmoqda. Bu noto'g'ri hisoblanadi.
O’quv tatilidan chaqirib ham bo’lmaydi, chunki ta’tildan chaqirib olish ya’ni MK 232-moddasi qoidalari xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishni tartibga soladi.
Bundan tashqari, MK 229-moddasini ham qo’llay olmaysiz. Chunki bu modda ham har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirishni tartibga soladi.
O'quv ta'tili va “dekret ta’tili” esa MK 237-moddasiga ko'ra, ijtimoiy ta’tillar turiga kiradi.
Demak, Siz xodimni o’quv ta’tili tugagandan so’ng, uni “dekret ta’tili”ga ya’ni homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqarish bo’yicha buyruq chiqarasiz.
❗️MK 404-moddasi 2-qismiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.
Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Kurbanov Mirjalol