Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodimning til sertifikati soxta chiqsa...❓


Xodimning til sertifikati soxta chiqsa...

✅ Bu holatda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MK 168-moddasi 1-qismining 4-bandiga asosan ya'ni ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan bekor qilinadi.

MK 144-moddasi 3-qismiga ko’ra, MK 168-moddasi 1-qismining 4 yoki 5-bandiga ko‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, xodimni boshqa ishga o‘tkazish tegishincha mazkur Kodeks 168-moddasining beshinchi yoki oltinchi qismi talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

❌ Savoldagi holatda esa MK 144-moddasi bo’yicha xodimni boshqa ishga o‘tkazish bo‘yicha choralar ham ko’rilmaydi. Chunki, MK 168-moddasi 5-qismiga ko’ra, agar ish beruvchi tomonidan xodimning yozma roziligi bilan uni ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishga o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rilgan, lekin xodim bunday o‘tkazishni rad etgan bo‘lsa, ishga qabul qilishning belgilangan qoidalari xodimning aybisiz buzilgan hollarda mehnat shartnomasini ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilishga yo‘l qo‘yiladi. Savoldagi holatda esa ishga qabul qilishning belgilangan qoidalari xodimning aybi bilan buzilmoqda.Shuning uchun ham, xodimni boshqa ishga o‘tkazish bo‘yicha choralar ko’rilmaydi.

❌ Xodimga ogohlantitirish ham berilmaydi. Kasaba uyushmasi yoki boshqa birorta organning roziligi ham shart emas.

❌ Ishdan bo'shatish uchun xodimdan hech qanday ariza ham olinmaydi.

❌ Ishdan bo’shatish nafaqasi ham berilmaydi. Chunki MK 173-moddasi 2-qismiga ko’ra, ishga qabul qilishning belgilangan qoidalari xodimning aybi bilan buzilgan holatlarda (sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi hukmini yashirish, soxta hujjatlar taqdim etish va boshqalar) ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanmaydi.

 

Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Kurbanov Mirjalol