Янгиликлар
Mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mehnat kodeksining 319-moddasiga asosan, xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda ish beruvchi xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.
Kodeksning 320-moddasiga ko'ra, xodim bilan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi xodimning mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning bir turi sanaladi.
Kodeksning 561-moddasiga binoan, yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan sud xodimga majburiy progulning butun vaqti uchun o‘rtacha ish haqini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ya'ni sud xodimga shartnoma bekor qilingandan keyingi barcha davr uchun pul to'lab berish majburiyatini yuklaydi.
Asosiy masala xodim ishga kelmagan 14 kun nima bo'ladi?
Mehnat kodeksining 198-moddasiga asosan, ish vaqtini hisobga olish ishga chiqishlarni tegishli hisobga olish davri uchun ish vaqtining belgilangan normasi xodimlar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida qayd etish orqali har bir xodim tomonidan haqiqatda ishlab berilgan vaqtni aniqlashdir.
Demak xodimning 14 kun ishga kelmagan davri majburiy progul sanalmaydi.
Agar xodim hech bir sababsiz ishga chiqmagan bo'lsa, masalan, o'sha davrda kasal bo'lmagan bo'lsa yoxud shunga o'xshash boshqa ish haqi saqlanadigan holatlar bo'lmasa, ushbu muddat uchun ish beruvchi hech qanday haq to'lamaydi.
Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Kurbanov Mirjalol