Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men teatrda ishliyman 1 stavka aktyor 0,5 truppa raxbariligida 4 oydan beri ishlab kelmokdaman, mendan shu 0,5 stavka ni olmokchi surasak mumkin emas diyapti, bu qanchalik to‘g‘ri?


Men teatrda ishliyman 1 stavka aktyor 0,5 truppa raxbariligida 4 oydan beri ishlab kelmokdaman, mendan shu 0,5 stavka ni olmokchi surasak mumkin emas diyapti, bu qanchalik to‘g‘ri?

Bizning tushunishimizcha, siz asosiy shtatda aktyor bo‘lib truppa rahbarligi sizga bir necha kasb asosida berilgan. Mehnat kodeksining 104-moddasiga asosan, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik mehnat shartnomasining qo‘shimcha sharti sanaladi.

Mehnat kodeksining 135-moddasiga asosan, mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Bundan anglashiladiki, ish beruvchi truppa rahbarligini sizga o‘zaro kelishuv asosida bergan bo‘lsa, ushbu lavozimni sizdan qaytib olishda ham siz bilan kelishishi kerak.

Biroq Mehnat kodeksining 137-moddasiga asosan, agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.

Agar yuqorida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

Demak ish beruvchi sizdan truppa rahbarligini Mehnat kodeksining 135 va 137-moddalari talablari asosida olib qo‘yishi mumkin.

 

Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Kurbanov Mirjalol