Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodimning familiyasi òzgarsa (nikoh bekor qilinganligi munosabati bilan) qanday buyruq tayyorlanadi.


Xodimning familiyasi òzgarsa (nikoh bekor qilinganligi munosabati bilan) qanday buyruq tayyorlanadi.

Mehnat kodeksining 107-moddasiga asosan, xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi mehnat shartnomasida ko‘rsatiladigan rekvizitlar jumlasiga kiradi. Rekvizitlar o‘zgargan taqdirda, mehnat shartnomasining tarafi ular o‘zgartirilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida bu haqda boshqa tarafga yozma shaklda xabar qilishi kerak. Demak familiyasi o‘zgargan xodim ish beruvchiga yuqoridagi tartib asosida xabar berishi kerak.

Mehnat kodeksining 18-moddasiga asosan, ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida muayyan xodimga mo‘ljallangan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar — buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar qabul qilishi mumkin.

Xodimning familiyasi òzgarganda qanday tartibda buyruq tayyorlanishi haqida Mehnat kodeksida rioya etilishi majburiy bo’lgan aniq norma mavjud emas. Yuqoridagi normalar va ish yuritish qoidalariga tayanib xodimning familiyasini o’zgarganligi haqidagi bandlarni ko’rsatgan holda, asoslarni ko’rsatib buyruq yoki farmoyish shaklidagi hujjat qabul qilish mumkin.

 

Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Kurbanov Mirjalol