Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yangi tug'ilgan chaqaloqni qonuniy sud orqali saqlab olganda. Bola saqlab olgan onaga bola parvarishlash ta'tili beriladimi


Yangi tug'ilgan chaqaloqni qonuniy sud orqali saqlab olganda. Bola saqlab olgan onaga bola parvarishlash ta'tili beriladimi.

Mehnat kodeksining 406-moddasiga asosan, yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi.

Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.

 

Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Kurbanov Mirjalol