Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

YPX xodimi maxsus tadbirlar vaqtida transport vositalarini to'xtatishi mumkin


YPX xodimi maxsus tadbirlar vaqtida transport vositalarini to'xtatishi mumkin

 

YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko'ra to'xtatilishi mumkin:

·        haydovchi tomonidan yo'l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

·        transport vositasi, haydovchi yoki yo'lovchi qidiruvda ekanligi, yo'l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda;

·        yo'l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko'rgan haydovchi yoki yo'lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

·        vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo'yicha ko'rsatmalarini bajarish jarayonida;

·        transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda;

Bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo'lgan transport vositalari hamda maxsus mo'ljallangan transport vositalari mustasno.

·        maxsus tadbirlarni o'tkazish jarayonida;

·        transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun;

Bundan maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar mustasno.

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko'ra transport vositalarining to'xtatilishi taqiqlanadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                Niyozov Abdurasul