Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi


“Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmonga ko'ra, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o'rtasida tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o'quv kurslari tashkil etiladi;

maktablarda 2024/2025 o'quv yilidan:

Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani o'qituvchilarining kasbiy bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta'minlash tizimi yo'lga qo'yiladi;

o'quvchilar o'rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o'qituvchilari o'rtasida “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” ko'rik-tanlovi o'tkazib boriladi;

maktab o'quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o'zlashtirishiga qaratilgan ko'rgazmali o'quv qo'llanmalari, videoroliklar, kompyuter o'yinlari va mobil ilovalar yaratiladi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                      Tojiqulova Nazokat