Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi


Qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi

“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ'ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo'g'inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ'ibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;

davlat organlari va tashkilotlarida o'z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas'ul bo'linmalar belgilanadi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                    Niyozov Abdurasul