Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yoshlarda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi asosida huquqiy immunitet shakllantiriladi


Yoshlarda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi asosida huquqiy immunitet shakllantiriladi

 

“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoniga ko'ra, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlar quyidagilarga mas'ul hisoblanadi:

yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilishga;

adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini o'tkazib borishga;

huquqshunoslik kasbining obro'si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg'ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo'yicha amaliy tadbirlarni tashkil qilishga;

yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o'quv kurslarini joriy etishga;

ta'lim muassasalarida “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o'tkazib borish va yoshlarning huquqiy bilim olishlarini rag'batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va tanlovlarni tashkil qilishga.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                    Tojiqulova Nazokat