Янгиликлар
Adliya vazirligi huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi
Adliya vazirligi huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi
“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi.
Har yili huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish va metodik ta'minlash bo'yicha manzilli va tematik tahliliy o'rganishlar dasturi ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Bunda:
2024-yil 1-sentyabrgacha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Jizzax viloyati Do'stlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida namunali huquqni qo'llash tizimi yo'lga qo'yiladi. Keyinchalik, har yili kamida 10 ta vazirlik va idoralarning huquqni qo'llash faoliyati tahlil qilinib, takomillashtirib boriladi;
huquqni qo'llash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo'yicha uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilib, Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga joylashtirib boriladi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti Niyozov Abdurasul