Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi


Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

 

“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoniga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

Huquqiy eksperiment doirasida:

Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi;

apellyatsiya kengashlari ma'muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi ma'muriy hujjatlarini sudgacha ko'rib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni o'zgartirish, qisman yoki to'liq bekor qilish to'g'risida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki o'zgartiriladigan hujjatlar mustasno;

ma'muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi ma'muriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqish manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlarini ko'rsatishni monitoring qilish natijalariga ko'ra amalga oshiriladi;

apellyatsiya kengashlarining qarorlari “E-qaror” elektron tizimida e'lon qilib boriladi, shuningdek, ma'muriy shikoyat bo'yicha ma'muriy ish yurituvi ishtirokchilariga belgilangan tartibda ma'lum qilinadi va ma'muriy organlar tomonidan ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi;

apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma'muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat'iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                     Tojiqulova Nazokat