Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

OTMlarga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimi takomillashtiriladi


OTMlarga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimi takomillashtiriladi

“Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-81-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yili qabulidan:

davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

davlat buyurtmasi bo'yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

davlat OTMlari uchun o'rnatilgan tartib va shartlar bo'yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi OTMlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;

davlat granti kvotalarining OTMlar kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan abiturientlarning tanlovi va to'plagan ballariga ko'ra amalga oshiriladi.

2024/2025-o'quv yilidan har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha OTMning umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta'lim sohalari (bakalavriat ta'lim yo'nalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

2025-yildan davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                           Tojiqulova Nazokat