Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ta'lim grantida tahsil olgan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi


Ta'lim grantida tahsil olgan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Farmonga ko'ra 2024/2025-o'quv yilidan OTMlari talabalariga davlat granti ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant va ta'lim granti shaklida ajratiladi.

2024/2025-o'quv yilidan bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta'lim granti bir o'quv yili uchun ajratiladi.

Bunda:

ta'lim granti birinchi kursda OTMlarga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to'plagan talabalarga ajratiladi;

ta'lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko'rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida OTMlar tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta'lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to'liq ta'lim grantini yutgan talabalarga to'lanadi;

ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant sohibi bo'lgan talabalarga davlat granti ularning o'qish davri uchun to'liq hajmda taqdim etiladi;

ta'lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o'qishni tamomlaganlaridan so'ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                   Niyozov Abdurasul