Янгиликлар
Ta'lim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
Ta'lim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
“Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va o'quvchilariga byudjet mablag'lari hisobidan ta'lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan oliy va professional ta'lim tashkilotlarining talaba va o'quvchilariga ta'lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga ajratiladi;
ta'lim krediti:
oliy ta'lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun to'lov-kontrakt summasi miqdorida;
oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi “3” dan past bo'lgan taqdirda to'lov-kontrakt summasining ko'pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti Tojiqulova Nazokat