Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

29.05.2024 y “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.


29.05.2024 y “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro'y berganda shoshilinch yordam ko'rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

“112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini ma'lumotlarni uzatishning yagona tarmog'iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo'yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko'rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.

 

 

O‘rta Chirchiq tumani YXKM

boshlig‘i   Mirzayev Alisher