Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi.


Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz

uchun kompensatsiya beriladi.

 

“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi

 

????Unga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

 

????2024-2025 yillarda yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o'zgarish grafigi;

 

????2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste'molining “bazaviy me'yorlari”.

 

???? 2024-yil 1-maygacha yoqilg'i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko'rib chiqiladi.

 

✅ Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste'molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qo'shimcha xarajatlarni qoplash bo'yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

 

➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

 

➖Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.

 

✔️Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

 

????noyabr oyida 270 ming so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam o'tkazib beriladi;

 

????elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha quyidagi miqdorlardagi iste'mol uchun bazaviy me'yor doirasidagi hamda bazaviy me'yordan oshgan narxlar o'rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

 

➖tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

 

➖elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 

 

O‘rta Chirchiq tumani YXKM

boshlig‘i   Mirzayev Alisher