Янгиликлар
Xodim qisqarishga tushsa
Xodim qisqarishga tushsa
❗️MK 165-moddasiga ko’ra, ish beruvchi qisqarishga tushgan xodimni kamida 2 oy oldin o‘zining mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida yozma shaklda (imzo qo‘ydirib) ogohlantirishi shart.
⚠️ Diqqat! MK 161-moddasi 3-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasini 161- modda 2-qismining 2 va 3-bandlariga ko‘ra bekor qilishga ushbu Kodeks 144-moddasining talablariga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni agar mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
❗️Ish beruvchi xodimni ogohlantirish muddatlarini ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir. E’tibor bering haqli deyilmoqda ya’ni bu ish beruvchining xohishi. Xodimdan ariza olish shart emas. Hattoki xodim ogohlantirish muddatini pulli kompensatsiya bilan almashtirishga ariza yozgan taqdirda ham, ish beruvchi xodimning arizasini rad qilishga haqli.
❗️Agar ish beruvchi qisqarishga tushgan xodimni ogohlantirish muddatini pulli kompensatsiya bilan almashtirishga qaror qilgan bo’lsa, mehnat shartnomasi MK 161-moddasi 2-qismi 2-bandi bilan bekor qilinishi kerak, bu holatda MK 157-moddasini umuman aloqasi yo’q.
⚠️Аgar mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra (MK 157-modda) yoki oʼz xohishingiz bilan (MK 160-modda) bekor qilsangiz, sizga ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pulli kompensatsiya ham (MK 165-modda), ishdan boʼshatish nafaqasi ham (MK 173-modda), mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin 2-3-oylar uchun avvalgi ish joyingizdan oʼrtacha oylik ish haqi ham (MK 100-modda) toʼlab berilmaydi.
❗️Qisqarishga tushgan boʼlsangiz, qo’shimcha kelishuv ham tuzmang yoki ariza ham yozmang, mehnat shartnomasini belgilangan tartibda MK 161-moddasi 2-qismi 2-bandi bilan bekor qilishni soʼrang!
O‘rta Chirchiq tumani YXKM
boshlig‘i Mirzayev Alisher