Янгиликлар
Hashar majburiymi
Hashar majburiymi
Hashar ixtiyoriy. Hasharga chiqmagan xodimga intizomiy jazo yoki boshqa ta’sir
choralari qo’llash g’ayriqonuniy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi 349-son “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko’ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o‘tkaziladi https://lex.uz/docs/-3730223
❌O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 44-moddasiga ko’ra, sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
❌ Bundan tashqari, Mehnat kodeksi 5-moddasiga ko’ra, majburiy mehnat taqiqlanadi.
Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta’sir choralarini qo‘llash yoki qo‘llash tahdidi tushuniladi.
Majburiy mehnat uchun javobgarlik bormi?
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha (34 million so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoya kodeksning 148-2-moddasiga asosan, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha (51 million so'mgacha) miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘rta Chirchiq tumani YXKM
boshlig‘i Mirzayev Alisher