Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

1 stavka o‘rindoshlik asosida ishlasa bo ‘ladimi


1 stavka o‘rindoshlik asosida ishlasa bo ‘ladimi

 

MK 405-moddasiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, bu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi…

 

MK 432-moddasiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

 

Yuqoridagilardan xulosa qilsak, asosiy ish joyidan bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan ayol, o’rindoshlik asosida 0.5 stavkagacha ishlashi mumkin. Mana shu o’rinda ko’pchilik, men asosiy ish joyimda ta’tildamanku, o’rindoshlik asosida 1stavkagacha ishlasam bo’lmaydimi deb so’rashadi.

 

MK 437-moddasiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno).

 

Demak, ayol asosiy ish joyidan bolani parvarishlash ta’tiliga chiqqan bo’lsa, o’rindoshlik asosida 0.5 stavkagacha ishlashlari mumkin.

 

Faqatgina shifokorlar va 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislar (Batafsil: https://lex.uz/docs/-5849580) asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida o’rindoshlik asosida to’liq stavkada ishlashlari mumkin.

 

O‘rta Chirchiq tumani YXKM

boshlig‘i   Mirzayev Alisher