Янгиликлар
Endi ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun “suyunchi puli” barchaga berilmaydi.
Endi ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun “suyunchi puli” barchaga berilmaydi.
Amaldagi qonunchilik bo'yicha “suyunchi puli” mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdorida 738 ming 150 so’m har farzand tug'ilganda ya'ni birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va boshqa farzandlar tug'ilganda ham nafaqa to'lanadi.
2024 yil 1-apreldan boshlab farzand tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
1️⃣-farzandi uchun - barcha ayollarga;
2️⃣-farzandi uchun - farzand tug’ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi bo’lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda farzand tug'ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.
❗️Asos: https://lex.uz/docs/-6827966 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 110 -sonqarori, 04.03.2024 yildagi
O‘rta Chirchiq tumani YXKM
boshlig‘i Mirzayev Alisher