Янгиликлар
3 oy sinov muddatda ishlab kelayotgan hodimga oʻz hisobidan taʼtil berish mumkinmi❓
3 oy sinov muddatda ishlab kelayotgan hodimga oʻz hisobidan taʼtil berish mumkinmi❓
❗️MK 131-moddasiga ko’ra, dastlabki sinov davrida xodimga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi to‘liq tatbiq etiladi.
❗️Demak, dastlabki sinov davridagi xodimga ham MK 241 (Ish haqi saqlanmaydigan ta’til tushunchasi va uni berishning umumiy tartibi) va 242 (Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish) moddalarini qo’llashimiz mumkin. Ya’ni xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko’ra dastlabki sinov davridagi xodimga ham ish haqi saqlanmagan ta’til berilishi mumkin. Agar dastlabki sinov davridagi xodim MK 242-moddasidagi xodimlar toifasiga kirsa, u holda xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til majburiy tartibda beriladi.
⚠️ Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil va uni berish tartibi (241, 242-moddalar) hamda rasmiylashtirish masalalari ushbu maqolamizda batafsil tushuntirilgan: https://t.me/mehnathuquqi/4779
❌ MK 130-moddasiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim haqiqatda ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga qo‘shilmaydi.
❗️ Demak, agar dastlabki sinov davridagi xodimga ish haqi saqlanmagan ta’til berilsa, ta’til davri dastlabki sinov muddatiga qo‘shilmaydi.
O‘rta Chirchiq tumani YXKM
boshlig‘i Mirzayev Alisher