Янгиликлар
O'tgan yilgi ta'tilimni olsam 56 kundan oshib ketsa bo'ladimi?
O'tgan yilgi ta'tilimni olsam 56 kundan oshib ketsa bo'ladimi?
❗️MK 230-moddasiga koʼra, har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Yaʼni Siz ish yili tugagunga qadar taʼtilga chiqishingiz kerak edi, taʼtilning barcha qismini butunlay keyingi yilga koʼchirib yuborilishi mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi. Buning uchun mansabdor shaxsga MJTK 49-moddasiga koʼra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (3mln 300 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.
✅ Endi oʼtgan yili qolib ketgan 24 kun va bu yilgi 38 kun taʼtilni qoʼshib olsangiz, 62 kun boʼlib ketishi qonun buzilishi hisoblanmaydi. Chunki MK 222-moddasi 2-qismiga koʼra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
⚠️ Eʼtibor bering, bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas deyilmoqda. Sizning holatda 24 kalendar kun taʼtil oʼtgan ish yili hisobidan, shuning uchun ham 62 kun taʼtilga chiqishingiz qonun buzilishi hisoblanmaydi.
Qibray tumani YXKM
boshlig‘i Eshonboboyev Erkin