Янгиликлар
Muddatli mehnat shartnomasi tuzish masalasi
Muddatli mehnat shartnomasi tuzish masalasi
Diqqat! Ish beruvchi har qanday holatda muddatli mehnat shartnoma tuza olmaydi ya’ni muddatli mehnat shartnomasi tuzish holatlari cheklangan. Agar muddatli mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 112 yoki 113-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa, xodim bilan ushbu shartnomani tuzish asosli hisoblanadi Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/5064
Siz ta’lim olishning aynan qanday shaklida o’qishingizni yozmagansiz. Chunki MK 113-moddasida kunduzgi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkinligi belgilangan.
Mana shu qoidaga ko’pchilik e’tibor bermayapti. Masalan, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim olish shaklidagilar bilan muddatli mehnat shartnomasini asossiz tuzishmoqda. Bu no’to’g’ri. Chunki MK 113-moddada kunduzgi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar haqida gap ketmoqda.
⚠️ Demak, agar Siz kunduzgi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan bo’lsangiz Siz va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi qonuniy hisoblanadi.
❗️Muddatidan oldin mehnat shartnomasini bekor qilishingiz mumkin. MK 160-moddasiga ko’ra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini 14 kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. Ayrim toifa xodimlarga o‘z tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilgan.
⚠️ Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinganda ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda xodim tomonidan neustoyka to‘lash belgilanishi mumkin.
Qibray tumani YXKM
boshlig‘i Eshonboboyev Erkin