Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Agar xodim b/s ta'tilda bulganda shtat birligi qisqarsa, b/s muddati tugaganidan keyin ogohlantirish muddati hisoblanadimi yoki b/sda bulsa ogohlantirish muddati hisoblanaveradimi?


Agar xodim b/s ta'tilda bulganda shtat birligi qisqarsa, b/s muddati tugaganidan keyin ogohlantirish muddati hisoblanadimi yoki b/sda bulsa ogohlantirish muddati hisoblanaveradimi?

❌ MK 165-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, xodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi, bundan mehnatga oid munosabatlarning tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan tugatilishi mustasno.

❗️ Sodda qilib aytganda xodim kasal bo’lgan vaqti hamda davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtida ish beruvchining ogohlantirish muddati o’tishi to’xtab turadi. Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga nimalar kiradi? MK 282-moddasida ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda ozod etishi shart bo’lgan holatlar ko’rsatib o’tilgan.

⚠️ E’tibor bergan bo’lsangiz, MK 165-moddasi oxirgi qismida ta’tillar haqida gap ketmagan. MK 213-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta’tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:

1️⃣har yilgi mehnat ta’tili;

2️⃣ijtimoiy ta’tillar;

3️⃣ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;

4️⃣ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

Ya’ni xodim istalgan ta’til turida bo’lsa ham, aytaylik, har yilgi mehnat ta’tilimi yoki ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda bo’ladimi, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari o’taveradi.

 

Qibray tumani YXKM

boshlig‘i   Eshonboboyev Erkin