Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Markazdagi 6 oylik o'qish davrida o’rtacha oyligim saqlanadimi?


Markazdagi 6 oylik o'qish davrida o’rtacha oyligim saqlanadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 3-ilova “Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida” Nizomning 8-bandiga ko’ra, qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishning davomiyligi 6️⃣ oyni tashkil etadi.

⚠️ Ish beruvchining roziligiga ko‘ra, qayta tayyorlash kurslarida ishdan ajralgan holda o‘qish davomida Markaz tinglovchilarining asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi https://lex.uz/docs/-3784435

⚠️ Demak, e’tibor bering o‘rtacha oylik ish haqingiz ish beruvchining roziligiga ko‘ra saqlanib qoladi. Sizning holatingizda ish beruvchi rozi. Bunga asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qarorini ko’rsating.

???? Bundan tashqari, Markaz direktorining o‘qishga qabul qilinganlik to’g’risidagi buyrug'idan ko'chirma nusxa va o’qiyotganligingiz to’g’risidagi ma’lumotnoma taqdim qilishingiz mumkin.

⚠️ Siz yuqoridagi hujjatlarni taqdim qilishingiz, ish beruvchiga majburiyat yuklamaydi chunki o‘rtacha oylik ish haqingiz saqlanishi masalasi baribir ish beruvchining roziligiga ko‘ra bo’ladi.

MK 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin. Masalan, tashkilot jamoa shartnomasida alohida qo‘shimcha huquq va kafolatlar nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.

 

Qibray tumani YXKM

boshlig‘i   Eshonboboyev Erkin