Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ótkan yiligi qolib ketgan mehnat ta'tilimni bu yilgi mehnat ta'tilimga qóshib olsam bóladimi?


Ótkan yiligi qolib ketgan mehnat ta'tilimni bu yilgi mehnat ta'tilimga qóshib olsam bóladimi?

❗️Savol mavhumroq yaʼni taʼtilning toʼliq qisminimi yoki 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismini nazarda tutyapsizmi? Аgar taʼtilning 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismi nazarda tutilayotgan boʼlsa, u holda MK 230-moddasi 2-qismiga koʼra, ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʼra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʼliq berish imkoni boʼlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismi keyingi ish yiliga koʼchirilishi mumkin boʼlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.

❗️Аgar taʼtilning foydanilmagan toʼliq qismini nazarda tutayotgan boʼlsangiz, aslida Siz ish yili tugagunga qadar taʼtilga chiqishingiz kerak edi, taʼtilning barcha qismini butunlay keyingi yilga koʼchirib yuborilishi mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi. Buning uchun mansabdor shaxsga MJTK 49-moddasiga koʼra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (3mln 400 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.

⚠️Chunki, MK 230-moddasi 1-qismiga koʼra, har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/6426

⚠️Foydanilmagan taʼtillar “kuyib” ketmaydi. MK 234-moddasi 1-qismiga koʼra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʼlanadi.

❗️Oʼtgan yoki avvalgi yillardan qolib ketgan foydanilmagan taʼtillarni ish beruvchi bilan kelishgan holda bu yilgi taʼtilga qoʼshib olish mumkin. Bu borada qonunchilikda cheklov yoʼq. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/6360

 

Qibray tumani YXKM

boshlig‘i   Eshonboboyev Erkin