Янгиликлар
Xususiy tashkilotlar dekret ta’tili bermaslikka haqlimi?
Xususiy tashkilotlar dekret ta’tili bermaslikka haqlimi?
❗️Xususiy tashkilotlar ham "dekret ta'tili" berishga majbur. Mehnat kodeksinining 237-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi
homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);
bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);
o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);
ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).
❗️Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.
⚠️ E’tibor bering! homiladorlik va tug‘ish ta’tili va boshqa ijtimoiy ta’tillar ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ya’ni xususiymi, budjet tashkilotimi taqdim qilinadi va “dekret puli” to’lab beriladi.
Qibray tumani YXKM
boshlig‘i Eshonboboyev Erkin