Янгиликлар
Xodim roziligisiz oldingi yillarda qolib ketgan ta’tilini bersa bo’ladimi?
Xodim roziligisiz oldingi yillarda qolib ketgan ta’tilini bersa bo’ladimi?
⚠️ MK 230-moddasi 1-qismiga koʼra, har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/6426
❗️Oʼtgan yoki avvalgi yillardan qolib ketgan foydanilmagan taʼtillarni ish beruvchi bilan kelishgan holda bu yilgi taʼtilga qoʼshib olish mumkin. Bu borada qonunchilikda cheklov yoʼq. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/6360
❗️ Demak, e’tibor bering. Oʼtgan yoki avvalgi yillardan qolib ketgan foydanilmagan taʼtillar o’zaro kelishuv bo’yicha taqdim qilinadi. Ya’ni ish beruvchi majburlab xodimni oʼtgan yoki avvalgi yillardan qolib ketgan foydanilmagan taʼtillarini majburlab bera olmaydi.
⚠️ Diqqat! Foydanilmagan taʼtillar “kuyib” ketmaydi. MK 234-moddasi 1-qismiga koʼra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʼlanadi.
Qibray tumani YXKM
boshlig‘i Eshonboboyev Erkin