Янгиликлар
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish mumkinmi?
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish mumkinmi?
???? “Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga etgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Mehnat va Moliya vazirining qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda 1113 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan tasdiqlangan Nizom ishlovchi onalarga bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tug‘ilgan, farzandlikka,vasiylikka olingan bolani 2 yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish uchun qoida tariqasida onaga, otaga, farzandlikka, vasiylikka olgan shaxslarga yoki boshqa qarindoshlarga tayinlash va to‘lashni tartibga soladi https://lex.uz/ru/docs/-804668
Diqqat! Mazkur Nizom budjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga tatbiq etilmaydi. Batafsil quyidagi postda tushuntirganmiz???? https://t.me/mehnathuquqi/3740
???? Endi savolingizga to’xtalsak. “Ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandiga ko’ra, ishlovchi onalar (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar) to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlayotgan vaqti uchun bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish huquqiga ega.
❗️MK 186, 258-moddalariga ko'ra, to‘liqsiz ish vaqti shartlarida ishlaganda xodimning mehnatiga haq to‘lash u ishlab bergan vaqtga mutanosib ravishda yoki u bajargan ishning hajmiga qarab amalga oshiriladi.
❗️Demak, budjetdan tashqari tashkilotlarda ishlovchi onalar to'liqsiz ish vaqti (0.25, 0.5, 0.75 stavka)da ishlasa ish haqini mutanosib ravishda, nafaqani esa to'liq 630 ming so'm olar ekan.
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa mehnatga haq to'lash eng kam mqidorining 60 foizi miqdorida to'lanadi: 1050000 *60%= 630 ming so'm. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga 1-ILOVA https://lex.uz/docs/-5572509
Qibray tumani YXKM
boshlig‘i Eshonboboyev Erkin