Янгиликлар
Ish beruvchi moliyaviy holatini bahona qilib, jamoa shartnomasidagi qo’shimcha ta’tillarni bermaslikka haqlimi?
Ish beruvchi moliyaviy holatini bahona qilib, jamoa shartnomasidagi qo’shimcha ta’tillarni bermaslikka haqlimi?
MK 67-moddasiga ko’ra, tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, jamoa shartnomasida boshqa shartlar, masalan, qo’shimcha ta’tillar kiritilishi mumkin.
Bundan tashqari, MK 219-moddasiga ko’ra, har yilgi qo‘shimcha ta’tillar qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.
⚠️ MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimlarga jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillar sohasidagi qo‘shimcha huquq va kafolatlarni berishi shart.
MK 34-moddasida mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari keltirib o’tilgan. Masalan, taraflar tomonidan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishning ixtiyoriyligi hamda taraflar o‘z zimmasiga olayotgan majburiyatlarning haqiqiyligi va ularni bajarishning majburiyligi prinsiplari.
Demak, agar ish beruvchi mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda berilishi shart qilib ko’rsatilgan kafolatlarni berishdan bosh tortsa, bu mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasiga ko’ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qibray tumani YXKM
boshlig‘i Eshonboboyev Erkin