Янгиликлар
Kasalga qarasam pensiyaga ertaroq chiqsa bo‘ladimi
Kasalga qarasam pensiyaga ertaroq chiqsa bo‘ladimi
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasi (Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari) 1-qismining “d” kichik bandi ga ko’ra, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 8️⃣0️⃣ yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7️⃣ yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi https://lex.uz/docs/-112314
⚠️ Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, har qanday kasalga qaralgan vaqt emas, balki aynan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt, agar umumiy ish staji kamida 7️⃣ yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Qibray tumani YXKM
boshlig‘i Eshonboboyev Erkin