Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodim asosiy ish joyida 0.5 stavka ishlaydi. O’rindoshlik joyida ham 0.5 stavka ishlashi mumkinmi?


Xodim asosiy ish joyida 0.5 stavka ishlaydi. O’rindoshlik joyida ham 0.5 stavka ishlashi mumkinmi?

❗️MK 437-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan kunlarda u o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin.

⚠️ E’tibor bering bu yerda “xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas” deyilmoqda. Ya’ni xodim asosiy ish joyida 0.25 yoki 0.5 stavka ishlashidan qat’i nazar xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmi miqdorida o'rindoshlik asosida ishlashi mumkin. Masalan, ish vaqti haftalik 40 soat bo’lsa 20 soat, 36 soat bo’lsa 18 soat o’rindoshlik asosida ishlashi mumkin.

 

Qibray tumani YXKM

boshlig‘i   Eshonboboyev Erkin