Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MCHJda ishlayman ta’til bo‘ladimi


MCHJda ishlayman ta’til bo‘ladimi

Albatta ta’til olishga haqlisiz. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 44-moddasiga asosan, har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi.

Ushbu holatda siz o‘z huquqingizni himoya qilish maqsadida davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qiling.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig‘i  

O‘smonov Bahromjon