Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nogironligi bo'lgan shaxsga dars soati kam berilishi to'g'rimi?


Nogironligi bo'lgan shaxsga dars soati kam berilishi to'g'rimi?

 

✅ MK 425-moddasiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda boshqa xodimlar kabi huquqlarga ega, mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida esa ular o‘zi uchun qonunchilikda, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadi.

❗️Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularga taqdim qilinadigan kafolat va imtiyozlar bilan ushbu maqolamiz orqali tanishib chiqishingiz mumkin ???? https://t.me/mehnathuquqi/6843

“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3271 https://lex.uz/docs/-4919258) 19-bandiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga, shuningdek, ishlovchi pensionerlarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

❌ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, Sizga aynan nogironlik pensiyasi olishingiz munosabati bilan dars soatini kamaytirib berish g’ayriqonuniy hisoblanadi.

✅ Sizga ham dars soatlari Nizomning 15-bandidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi lozim.

Nizomning 17-bandiga ko'ra, umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga yillik 1,5 stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig‘i  

O‘smonov Bahromjon